Pokistonlik jurnalist Xanan Buxoriy o‘z nikoh to‘yidan reportaj tayyorladi. Marosimga tayyorgarlik jarayonlari va to‘y aks etgan reportaj jurnalist ishlaydigan City 41 telekanalida namoyish etilgan, deb xabar bermoqda TJournal.

Reportyorning so‘zlariga ko‘ra, jurnallst to‘yni tashkillashtirish uchun ko‘p kuch sarflagan va buni butun shaharga namoyish qilgan. Keyin esa Buxoriy o‘z rafiqasi va otasi bilan suhbat qilgan va ulardan to‘y haqidagi taassurotlarini so‘ragan.