Misrda Qohira yaqinidagi mashhur G‘izo platosida 4,4 ming yil avvalgi maqbara topildi. Bu haqda mamlakat obidalar vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Maqbara Qadimgi podshohlikning g‘arbiy qabristonidan topildi. Arxeologlar qabr fir’avnlarning beshinchi sulolasiga yaqin bo‘lgan kohin Xetpetga tegishli deb hisoblamoqda. 

Foto: EPA

Unda Xetpetning o‘zi ishtirokidagi ov va baliq ovlash sahnalari aks etgan rasmlar aniqlandi. Olimlar mazkur hududdagi qazishma ishlarini davom ettirmoqda.