Amerikaning Janubiy Karolina shtatida yashovchi Erika Shulbred Amazon internet do‘koni orqali xarid qilingan soch uchun fendan foydalanishga qaror qildi. Ayol fen yoqilganda g‘alati tovushlar chiqarayotganligini eshitib, uni kameraga ola boshladi. Bir necha soniyadan so‘ng fenda dastlab miltillagan olov paydo bo‘ldi, keyinroq u alangaga aylandi. Ayol videoyozuvni Facebook’ga joylashtirdi.

Foto: “Shaxti”

Ayol qo‘lini kuydirib oldi, biroq kameraga olishda davom etdi. “Men hamon biroz shokdaman. Fenni o‘chira olmadim, uni o‘chirib-yoqqich esa faqat alangani kuchaytirdi. Fenni suvga tushirish haqida o‘yladim, biroq uni rozetkadan chiqarib olish davomida qo‘limni kuydirib oldim. U yonishda davom etdi. Shunda uni suv ostiga qo‘ydim”, — deya hikoya qiladi jabrlanuvchi The New York Post nashriga.

Amerikalik ayol bilan yuz bergan hodisa Facebook foydalanuvchilarini hayratlantirdi. Ba’zilar unga hamdardlik bildirsa, boshqalar Shulbred yanglishib Ilon Maskning o‘tsocharini xarid qilganligi haqida hazil qildi.

Hodisa oshkor bo‘lgandan so‘ng fen sotuvdan olib tashlandi, xaridorga uning pullari qaytarildi.