O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida 2018-yilning 5-fevralida Jahon banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb yozadi UzDaily.
Missiya “Raqamli Markaziy Osiyo—Janubiy Osiyo” (Digital CASA) loyihasi yuzasidan tayyorgarlik ko‘rishni boshlash va raqamli taraqqiyot bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish uchun O‘zbekistonga yetib keldi.
Ikki mamlakat vakillari Digital CASA loyihasini amalga oshirish masalalari bo‘yicha fikr almashdi. Loyiha raqamli infratuzilma, elektron hukumat tizimlari, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish kabi tarkibiy qismlardan iborat.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik shakllarini ishlab chiqish uchun fikrlar almashishda davom etishga kelishib oldi.
Izoh (0)