Yaponiya hukumati ikki Koreya yagona bayrog‘ida Takesima orollarining aks ettirilishi munosabati bilan Koreya Respublikasiga protest yo‘lladi. Bu haqda 5-fevral, dushanba kuni Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Yaponiya tomoni orollar tegishliligi yuzasidan bahslashib keladi.
“Bu davlatimiz pozitsiyasiga butunlay zid, mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Janubiy Koreyaga diplomatik kanallar orqali protest yo‘llangan”, — deya ta’kidlaydi u.
Yagona bayroq 4-fevral, yakshanba kuni ikki Koreya ayollar terma jamoasi va Shvetsiya jamoasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik matchi davomida ko‘tarilgan.
Takesima arxipelagi — Yapon dengizi g‘arbiy qismida joylashgan kichikroq orollar guruhi. U 1945-yilda Koreya Yaponiya mustamlaka hukmronligidan ozod etilgandan so‘ng xalqaro bahs predmetiga aylangan.
Izoh (0)