Qozog‘istonda O‘zbekiston yili rasman 15-martdan boshlanadi, deb xabar beradi “Kazinform”.

Foto: “Kazinform”

Qozog‘iston hamda O‘zbekiston elchixonalari tashabbusi bilan Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev va “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda bosh direktorning birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev va xalqaro munosabatlar bo‘limi boshlig‘i G.Rizavey ishtirok etdi.

Yerik Utembayevning ma’lum qilishicha, Qozog‘istonda O‘zbekiston yili Markaziy Osiyo yetakchilarining Ostonada bo‘lib o‘tadigan sammiti vaqtida, ya’ni 2018-yilning 15-martida rasman ochilishni rejalashtirgan.

Shuningdek, elchi Qozog‘istonning Ostona va Olmaota kabi yirik shaharlarida O‘zbekiston kinosi kunlarini o‘tkazishni tashkillashtirish taklifini ham o‘rtaga tashladi.