O‘zbekiston boks federatsiyasi terma jamoaning uchinchi tarkibini Qirg‘izistondagi Duyshenkul Shopokov xotirasiga bag‘ishlangan turnirga yuborgani aytilgandi. 41-bor tashkil etilgan musobaqada zaxira bokschilari bilan ishtirok etgan O‘zbekiston termasi umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘ldi.
Boks. O‘zbekistonlik uchinchi tarkib a’zolaridan 4 nafari Bishkekdagi turnir finaliga yo‘llanma oldi
Oltin
- -52 kg: Fozil Abdumurodov — Turat Osmonov (Qirg‘iziston)
- -69 kg: Fazliddin Meliboyev — Ermek Sakenov (Qirg‘iziston)
- +91 kg: Obidjon Tohirov — Sheyxmuhammad Hakimov (Qirg‘iziston)
Kumush
-49 kg: Nodir Mirzaahmedov — Mirlan Turkbay uulu (Qirg‘iziston)Bronza
- -56 kg: Oybek Jo‘rayev — Sirojiddin Abdullayev (Qirg‘iziston)
- -81 kg: Bahrom Fozilov — O‘ralbay Mukagali (Qozog‘iston)
Shu tariqa o‘zbekistonlik uch bokschi oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Nodir Mirzaahmedov finalda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Yana ikki sportchi esa bronza uchun janglarni o‘z foydasiga hal qildi.
150 nafarga yaqin bokschi ishtirok etgan turnirda mezbon Qirg‘iziston termasi 100 ga yaqin sportchisi bilan qatnashdi. Yakunda ular 7 ta oltin, 8 ta kumush va 10 ta bronza medaliga ega chiqdi. Tojikiston va Qozog‘istonning natijasi teng bo‘ldi: 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza. Rossiyaliklar medal ola bilmadi.
Izoh (0)