Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 24-turida “Monako” va “Lion” klublari o‘zaro to‘qnash keldi. Prinsipial o‘yinda mezbonlar 3:2 hisobida zafar quchdi.
Tomonlarning Lionda o‘tgan birinchi o‘yinida mezbonlar shu hisobda g‘olib chiqqan bo‘lib, g‘alaba goli so‘nggi soniyalarda kiritilgandi. Bu safar esa monakoliklar o‘z irodasini namoyish etdi. Ular nafaqat 2 ta gol farqini yo‘qqa chiqardi, balki butun taym davomida bir kishi kam o‘ynab, g‘alaba golini urishga erishdi.
“Monako” o‘tgan mavsum Fransiya chempionligini rasmiylashtirib, Chempionlar Ligasida yarim finalga qadar yetib borgandi. Ammo klubning yetakchi futbolchilari Yevropaning top jamoalari o‘rtasida talash bo‘lib ketdi. Ayni paytda monakoliklar hech bo‘lmaganda kumush medallarga ega chiqish payida. Chempionlar Ligasida esa ular guruh bosqichidan nariga o‘ta olishmadi.
“Lion”ga qarshi irodali o‘yin kuchli beshlikning dam olish kunlari bo‘lib o‘tgan bellashuvlari orasida eng yaxshisi bo‘ldi, deguvchilarni ayni paytda istalgancha topish mumkin. Shuningdek, APLdagi “Liverpul” — “Tottenhem” o‘yini ham ancha tomoshabop o‘tgandi.
“Liverpul” darvozasiga 2 ta penalti tayin qilingan o‘yin Yurgen Kloppning hafsalasini pir qildi
Mazkur turda “Marsel” futbolchilari “Mets” ustidan 6:3 hisobida zafar quchdi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “PSJ” esa “Lill” uyida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi — 3:0.Fransiya chempionati 24-tur bellashuvi 4-fevral, yakshanba
Izoh (0)