Misrda Rossiya A321 samolyoti yo‘lovchilari qarindoshlarining 90 million dollarlik da’volari bo‘yicha birinchi sud eshituvi bo‘lib o‘tdi. Samolyot 2015-yilda Sinay yarimoroli osmonida portlatib yuborilgan edi, deb yozadi “RBK”.
Advokat Mixail Zagaynovning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning qarindoshlari Misr sudiga ikki ko‘rinishdagi da’vo arizasi kiritgan. Dastlab 2016-yilda Misr hukumatiga qarshi har bir halok bo‘lgan yo‘lovchi yaqini nomidan individual da’vo kiritilgan. Gap Misr davlat xizmatchilarining parvozlar xavfsizligini ta’minlashdagi jinoiy beparvoligi haqida bormoqda.
Da’volarning 90 million dollarlik ikkinchi guruhi (jabrlanganlarning har biri uchun 3 million dollardan) “Kogalimavia” tashuvchisi va “Ingosstrax” kompaniyasiga qarshi kiritilgan.
Misr sudi da’vo arizasini qabul qildi va da’vogarlarga javobgarlarni xabardor etish uchun 90 sutka vaqt berdi.
Izoh (0)