AQShda 4-fevral, yakshanba kuni Amtrak yo‘lovchi poyezdi va CSX kompaniyasi yuk sostavi to‘qnashgan temiryo‘l qismida signal ko‘rsatkichlari ishlamagan. Bu haqda Amtrak prezidenti Richard Andersonga tayanib, Associated Press agentligi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Avariya yuk temiryo‘l stansiyasi yaqinida yuz bergan. Yo‘lovchi poyezdi noma’lum sababga ko‘ra, temiryo‘lning yuk sostavi turgan yon tarmog‘i bo‘ylab ishga tushirilgan. Amtrak hodisa yuz bergan temiryo‘l qismida yo‘llardagi ko‘rsatkichlarning surilishi va poyezdlar uchun signal tizimining ishlashi uchun CSX javob berishini ma’lum qildi.
Andersonning so‘zlariga qaraganda, mazkur qismda temiryo‘l signallarining avtomatik tizimi o‘chirilgan edi va CSX dispetcherlari poyezdlarning harakatlanish yo‘nalishlarini radioaloqa orqali ma’lum qilgan.
Izoh (0)