AQShning Shimoliy Karolina shtatida hukm surgan kuchli sovuq sababli muzlab qolgan timsohlar eriy boshladi. TravelAsk Shalotte River Swamp milliy bog‘idagi holat aks etgan videoni taqdim etdi.

Videoda ko‘rinadiki, suvda muz qatlamlari qolmagan, timsohlar esa majburiy uyqudan so‘ng o‘ziga kelmoqda. Tabiat o‘zining me’yoriy holatiga kelishi bilan timsohlar odatiy hayot tarziga qaytadi.