AQSh IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashning faol bosqichi yakunlangandan so‘ng Iroqda joylashgan qo‘shinlarni olib chiqib ketishga kirishdi. Bu haqda koalitsiya vakillariga tayanib, Associated Press agentligi xabar berdi, deb yozadi “Interfaks”.
Ularning ma’lum qilishicha, amerikalik askarlar, qurol va qurilmalar Iroqdan Afg‘onistonga ko‘chirila boshlangan. O‘tgan hafta aviatsiya tomonidan harbiy xizmatchilar va texnikani ko‘chirish har kuni amalga oshirilgan.
Agentlikning ikki iroqlik manbasi koalitsiya qo‘shinlarni Iroqdan olib chiqib ketishni boshlash haqidagi kelishuvga kelganligini ta’kidladi.
Ko‘chirilgan qo‘shinlarning aniq soni noma’lum.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)