Italiyaning Venetsiya shahrida oxirgi kunlarda suv sathi meyo’rdagidan 60 santimetrga pasaydi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: InMeteo

Suv sathi yog‘ingarchilik yo‘qligi sababli pasaydi. Venetsiyada oxirgi ikki yildan beri bu darajada pasayish kuzatilmagani bildirilmoqda.

Foto: InMeteo

Bu asosan kichik kanallarga tegishli bo‘lib, ularda gondolalar harakati butunlay to‘xtab qoldi. Asosiy Grande kanalida qayiqlar sayyohlarni tashishda davom etmoqda.