Facebook’dagi Serj Pol taxallusli foydalanuvchi shu sarlavha ostida Toshkent yo‘llarida harakatlanayotgan antiqa transport vositasining fotolarini joylashtirdi.

Foto: Facebook / Serj Pol

Tarmoq foydalanuvchilari lavhalarni qizg‘in muhokama qildi. Kimdir mashina modelini Tesla deb atagan bo‘lsa, yana kimdir Malibu’dan qimmat bo‘lsa kerak, deb taxmin etgan.

Foto: Facebook / Serj Pol

Shuningdek, “Ishmobil”, “G‘ildiraklardagi uy” degan variantlar ham keltirilgan.

Foto: Facebook /Serj Pol

Fikr bildirganlar orasida “Asosiysi, piyoda emas”, “Unga benzin narxining umuman qizig‘i yo‘q” deya havas qilganlar ham oz emas.