AQSh Afg‘onistonda kontingentni oshirishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Pentagon rahbari Jeyms Mettis brifing davomida ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Mettis jurnalistning savoliga javob berar ekan, Afg‘onistondagi kuchlar rotatsiyasi rejalashtirilganligi, biroq bundan ortig‘i ko‘zda tutilmaganligini ta’kidladi.
“Biz Afg‘onistondagi yangi strategiya va taxminiy raqamlarni e’lon qildik, yana bir necha ming kishi yoki yana besh ming kishini nazarda tutayotgan bo‘lsangiz — bu borada hech qanday rejam yo‘q”, — dedi u.
2017-yilning avgust oyi oxirida AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistondagi yangi strategiyani e’lon qildi. U mamlakatdagi Amerika kontingentini to‘rt ming kishiga oshirishni ko‘zda tutgan edi.
Izoh (0)