Ayollarning kiyinish tarzida asosiy jihat kiyimning butun tanani yopib turishi bo‘lsa, ikkinchi muhim narsa uning erkaklar kiyimiga o‘xshamasligi kerakligidir, deb yozadi “Islam-today.ru”.

Foto: “Islam-today.ru”

Hadislardan birida Ollohning elchisi (s.a.v.) ayollarga o‘xshash uchun ularning kiyimlarini kiyib olgan erkaklarni hamda erkaklarga o‘xshash uchun ularning kiyimini kiyib olgan ayollarni la’natlagan.

Ayollarning shim kiyishi erkaklarga o‘xshashga urinishmi? degan mavzuda mulohaza qilish o‘rniga, bu shim qanchalik tor ekanligi va qomatni qanchalik bekitib turishiga e’tibor qaratish lozim.

Agar ayol qomati shaklini yopib turuvchi keng shim va ustki kiyim kiygan bo‘lsa, bu holatda kiyim erkaklar kiyimi deb qabul qilinmaydi.

Masalan, aytishlaricha, bir kuni Ollohning elchisi (s.a.v.)  Ali (radiallohu anhu) bilan birga eshak minib ketayotgan ayolning yiqilib tushganini ko‘rgan. Ollohning elchisi (s.a.v.) shu zahoti chetga qaragan, Ali (radiallohu anhu) esa ayol shalvar kiyib olganini va tanasining hech qaysi qismi ochilib qolmaganini aytgan.

Shunda Ollohning elchisi (s.a.v.) shalvar kiygan bu ayolni duo qilgan.