Germaniyaning Dyusseldorf shahrida yashovchi fuqaro uyi podyezdiga yaqin joyda avtomobilini qoldirib ketadigan haydovchilar bilan kurashishning noodatiy usulini topdi, deb xabar beradi “Motor”.

Foto: “Motor”

Fuqaro ikkita Smart siti-karini xarid qildi va ularni podyezdning ikki tomoniga joylashtirdi. Bu transport vositalari haydovchilar uchun chegara bo‘lib xizmat qila boshladi.

Qo‘shnilarning aytishicha, podyezd yaqiniga begona haydovchilar avtomobilini qo‘yib ketgani uchun shu uyda yashovchi kishining  avtomobili uchun joy yetmayotgan edi.

Yo‘l harakatini tashkil etish boshqarmasi vakili jurnalistlarga bergan intervyusida bunday harakatlar qo‘yib ketilgan avtomobillar mustaqil harakatlana olguniga qadar qonuniy deb hisoblanishini ma’lum qilgan. Avtomobilning to‘xtab turishiga cheklovlar yo‘q.