Aqto‘beda fojiali tarzda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarga atab o‘tkazilayotgan xayriyada 320 million so‘m mablag‘ yig‘ildi, deb ma’lum qildi bloger Xushnudbek Xudayberdiyev.

Foto: Facebook / Xushnudbek Xudayberdiyev

“Biz biroz muddat davomida xayriya haqida ma’lumot bermagan edik, buning uchun ma’zur tutgaysiz. Shunchaki hadeb, har kuni aytaversak ham, ishimizni ko‘z-ko‘z qilayotgandek bo‘lib qolishdan qo‘rqdik. Alloh xayriyamizni riyodan uzoq qilsin, ilohim”, — deb yozadi bloger.

Uning ma’lum qilishicha, turli joylarda oylik maosh berishning muddatini hisobga olib, ko‘plab iltimoslarga binoan xayriya 10-fevralga qadar davom etadi. U, shuningdek, qaysi davlatdan qancha mablag‘ yig‘ilgani haqida ham ma’lumot berdi:

  • 93 million 572 ming so‘m — so‘mda ochilgan plastik kartochkalarga;
  • 5500 dollar — kanadalik o‘zbeklar nomidan;
  • 3977 dollar — PayPal orqali;
  • 3908 dollar — GoFundme saytidagi 1-loyiha orqali;
  • 3200 dollar — Qozog‘istondagi o‘zbeklar jamiyati nomidan;
  • 3020 dollar — Yaponiyadagi yurtdoshlar nomidan;
  • 2257 dollar — GoFundme saytidagi 2-loyiha orqali;
  • 1265 dollar — Koreyadagi yurtdoshlar;
  • 950 dollar — Dubaydagi yurtdoshlar;
  • 845 dollar — Rossiyadagi yurtdoshlar;
  • 500 yevro — Germaniyadagi yurtdoshlar;
  • 388 dollar — Qatardagi yurtdoshlar;
  • 635 dollar — turli davlatlardan pul o‘tkazmalari;
  • 4 million 600 ming so‘m — naqd pul;
  • 4 million 372 ming — @vodiybozor Telegram kanali orqali;
  • 70 dollar — viza kartaga.

Shunda bugungacha kelib tushgan jami xayriya miqdori:

  • 102 million 544 ming so‘m;
  • 26015 AQSh dollari;
  • 500 yevro.

Eslatib o‘tamiz:

So‘mda pul o‘tkazish uchun plastik raqami (istalgan miqdorda, cheklovlar yo‘q): 8600 3104 3723 2663 (Aloqabank)

Karta — Najmiddinov Bahriddin nomiga ochilgan.

Rossiya va MDHdagi yurtdoshlar quyidagi manzilga pul o‘tkazishlari mumkin: 63900218 9070623784

Yusupov Ural Xujakulovich nomiga ochilgan (“Sberbank Maestro”)

Koreyadagi yurtdoshlar quyidagi manzilga pul o‘tkazishlari mumkin: 1002-856-118459 Woori Bank (ATMdagi kodi 020)

Dadajonov Rakhimjon nomiga ochilgan

Xorijdagilar PayPal tizimi orqali quyidagi manzilga pul o‘tkazishlari mumkin: “paypal.me/AbrorjonKodirov” (“abrorkodirov.uz@gmail.com”)

Savollar tug‘ilganda Telegram va WhatsApp orqali +998946119998 (Xushnudbek) raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.