AQShning Oklaxoma shtati Tulsa shahridagi hayvonot bog‘ida yo‘lbars Rubi ismli uch yoshli qizchaning qo‘lidan o‘yinchoqni tortib olishga urindi, biroq unga himoya oynasi xalaqit betdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: YouTube

Qizchaning onasi tomonidan suratga olingan videorolikda yo‘lbars o‘yinchoqqa muvaffaqiyatsiz tashlanganini ko‘rish mumkin. Shundan so‘ng u oyna yoniga yotib, o‘yinchoqdan ko‘z uzmagan holda yumshoq jonivorni panjasi bilan qo‘lga kiritishga urinadi.

Video ko‘plab hodisa guvolariga manzur bo‘lgan. Xususan, kadr ortidagi ayol mazkur holatni o‘zi ko‘rgan hodisalar ichida eng yoqimlisi, deb atagan.