Hammaga salom. Biz yana shanbaga yetib keldik. Umid qilamanki, bolajonlarimiz qishning sovuq kunlarida o‘zlarini ancha yaxshi va tetik his qilishmoqda. Bunday paytda ularning ishtahalari biror shirinlik istashi turgan gap.

Bugun birgalikda yong‘oqli pechenye tayyorlab ko‘rsak, nima deysiz? U juda ham oson va kam masalliq talab qiladi.

Bizga kerakli masalliqlar

Foto: “Daryo”

  • 1 dona tuxum
  • 100 gramm sariyog‘
  • Un
  • Asal
  • Yong‘oq
  • Limon suvi

Qanday tayyorlaymiz?

Birinchi navbatda muzlatkichdan olingan sariyog‘ni to‘g‘rab, bir chimdim tuz, limon suvi hamda un bilan aralashtirib olamiz. Tuxumni 100 gramm xona haroratidagi suv bilan aralashtirib, unga qo‘shamiz va yumshoq xamir qoramiz.

Xamirimizni muzlatkichda tindirib olgach, 0,5 millimetr qalinlikda yoyib, 8x8 santimetr kvadratchalar kesamiz. Keyin esa xamirimiz markaziga yong‘oq va asal solib, rasmda ko‘rsatilganidek tugib olamiz.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

180 gradusgacha qizdirilgan gaz pechida, 15—20 daqiqa (qizargunicha) pishirib, issiq holida ustini asal bilan bezaymiz.

Foto: “Daryo”

Shirinligimiz juda ham mazali va xushbo‘yligi bilan oila-a’zolaringizni befarq qoldirmasligiga aminmiz (:

Sizga yoqimli ishtaha tilab, hurmat bilan @YaMamulya