Xitoy Taypeyi mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha Osiyo Chempionatida O‘zbekiston termasi bugun — 3-fevral kuni 2-tur doirasida zalga chiqadi.
Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Chempionatini koreyaliklar darvozasiga 13 ta gol urish bilan boshladi
Bahodir Ahmedov boshchilik qilayotgan jamoa ilk turni Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazib, 13:2 hisobida zafar quchgandi. Bu safar ular qo‘shni Tojikiston futzalchilarini sinovdan o‘tkazadi.Tojikiston ilk turda Yaponiyaga qarshi saf tortgan bo‘lib, yakunda 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Bugun yaponiyalik futzalchilar Toshkent vaqti bilan 16:00 da koreyaliklarga qarshi kurash olib boradi. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi bellashuv esa 13:30 da start oladi.
Izoh (0)