Kataloniyaning “Barselona” klubi ketma-ket beshinchi mavsum Ispaniya Kubogining finalida to‘p surishga yaqin turibdi.
Musobaqaning yarim finalida “Valensiya”ga raqib bo‘lgan “Barselona”, birinchi uchrashuvni o‘z foydasiga hal qildi. Bellashuvdagi yagona gol Luis Suares tomonidan urildi. Avvalroq Vinchenso Montella boshchilik qilayotgan “Sevilya” futbolchilari yarim finalning ilk o‘yinida “Leganes” bilan murosaga rozi bo‘lgandi.
“Barselona” so‘nggi to‘rt yildan buyon finalda o‘ynaydi. 2014-yil jamoa hal qiluvchi o‘yinda “Real”dan yengilgan bo‘lsa, keyingi uch yildagi finallarda “Aletik”, “Sevilya” va “Alaves” klublari taslim etilgan.
Ispaniya Kubogini ketma-ket 4 marta qo‘lga kiritish bungacha “Real” (105—1908) va “Atletik” (1930—1933) klublariga nasib qilgan. “Barselona” bu borada uchinchi jamoaga aylanib olishi mumkin.
“Leganes” — “Sevilya” 1:1
Gollar: Luis Muriel, 21 (0:1). Dimitrios Siovas, 56 (1:1).1-fevral, payshanba
“Barselona” — “Valensiya” 1:0
Gol: Luis Suares, 67 (1:0).Yarim finalning javob o‘yinlari 7—8-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)