Ilon Maskning SpaceX kosmik stansiyasi 31-yanvar kuni navbatdagi raketani sun’iy yo‘ldosh bilan birga uchirdi, deb yozadi Meduza. Falcon 9 raketasi Lyuksemburgning Gov-Sat 1 kommunikatsiya sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi.

Foto: “Inforesist.org”

Kompaniya odatda o‘z raketalarining birinchi pog‘onalarini quruqlikka qo‘ndiradi va ulardan qayta foydalanadi. Bu safar esa u pog‘onani qutqarib qolmasligini oldindan ma’lum qildi.

SpaceX o‘ziga keraksiz raketa qismi ustida alternativ usulni qo‘llab ko‘rishga qaror qildi. Ammo final bosqichda to‘qqizta dvigateldan bittasi emas, bir yo‘la uchtasi yondi. Bu murakkab uslub bo‘lib, u yoqilg‘ining kamroq sarflanishini ta’minlaydi.

Oxir-oqibat, raketa pog‘onasi qo‘nishning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi va hatto suv yuzasida qo‘nish ustunlarini ham chiqardi. SpaceX xodimlari Atlantika okeanidan pog‘onaning bo‘laklarini yig‘ib olishga tayyor turgan edi, biroq raketa butunligicha saqlanib, suv yuzasida qalqib qoldi.

Ilon Mask omon qolgan pog‘onani shatakka olib, sohilga chiqarishga urinib ko‘rishlarini aytdi.