2006-yilda Nokia kompaniyasi afsonaviy Nokia 8800 telefoni va Sirocco Edition pristavkasining yaxshilangan versiyasini chiqargan edi. Bu o‘zgartirilgan dizayn, kengaytirilgan komplektatsiya hamda eksklyuziv mavzulari va ringtonlari bo‘lgan premiumroq modeldir. HMD Global rahbarligidagi zamonaviy Nokia ushbu premium brendni qayta tiklamoqchiga o‘xshaydi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Nokia 8 (2017). Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Sirocco brendi ostidagi birinchi smartfon Nokia 8 bo‘ladi, ammo uni bir qator o‘zgarishlar kutmoqda. Ekran 5,25 dan 5,5 dyuymgacha kattalashadi, matritsa esa IPS emas, OLED texnologiyasi bo‘yicha yasaladi. Protsessor — Snapdragon 835 o‘z holicha qoladi. Asosiy kamera 13 va 12 megapikselli ikkita modulga ega bo‘ladi, old kamera esa 5 megapikselli sensordan iborat bo‘ladi. Tezkor xotira 6 Gb, doimiysi esa 128 Gb bo‘ladi.

Nokia 8 Sirocco Edition anonsi Barselonadagi MWC 2018 ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tadi, Nokia o‘z taqdimotini 25-fevral kuni Zamonaviy san’at muzeyida o‘tkazadi.