Rossiyaning Moskva shahrida yo‘lovchi avtobusning beton to‘siqqa urilishi bir vaqtda bir nechta kuzatuv kamerasiga tushdi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
“Mosgortrans” xodimlarini olib ketayotgan avtobus beton to‘siqqa urilgan. Kuchli zarbdan yo‘lovchilar salon bo‘ylab otilib ketgan. YTH oqibatida 12 kishi jarohatlangan.
YTHga yo‘lning yomon holati yoki haydovchining tajribsizligi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.