NASA Curiosity marsoxodi suratlari yordamida yaratilgan Marsning yangi panoramasini namoyish etdi. Bu haqda 31-yanvar, chorshanba kuni boshqarma saytida ma’lum qilindi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Suratlar 2017-yilning 25-oktabrida, Marsda ob-havo yaxshi va ochiq ekanligida olinganligi ta’kidlanmoqda. Bu esa roverga Geyl krateri relyefining o‘ziga xos jihatlari, krater hoshiyasini yaxshiroq ko‘rish, hatto undan 80 kilometrdan ortiq masofada joylashgan tog‘ni suratga olish imkonini berdi.
Curiosity marsoxodi suratlarda oxirgi besh yildagi harakatlanish yo‘nalishi: qo‘ngan joyidan Yellounayf ko‘rfazigacha va Bagnold qumtepaliklari kesishmasigacha namoyish etgan. Suratlar fonida Sharp tog‘i va Geyl krateri aks ettirilgan.
Nasa mutaxassislari suratlarni qayta ishlab, panorama videosini yaratdi.
Izoh (0)