Kanadaning Manivaki shahar sudida 18 yoshli Stiven Bertran sud noziri bilan tortishib qoldi. Tortishuv janjalga aylanib, yigitcha boshidan o‘q yedi. Hodisa jabrlanuvchining onasi va do‘stlari ko‘z o‘ngida yuz berdi, ulardan biri voqeani videoga oldi, deb yozadi “Vesti.ru”.
Stiven onasi va do‘stlari bilan nima sababdan sud binosiga kelganligiga aniqlik kiritilmayapti, ammo qayd etilishicha, yigit yo‘lakda navbatchilik qilayotgan nazoratchining rezina tayog‘ini olib qo‘ygan, u esa qurolni qaytarib olib, yigitni tashqariga chiqarmoqchi bo‘lganida, qattiq qarshilikka uchragan. Sud noziriga hamkasblari yordamga kelgan, ulardan biri politsiya chaqirgan. Ammo tartib posbonlari yetib kelganida sud xonasi qonga belangan, Stiven esa hushsiz edi. Sud nozirlari aytishicha, yigit rezina tayoqni yana olib qo‘yib, o‘z raqibining yuziga zarba bergan, shundan so‘ng nozir to‘pponchasini chiqarib, o‘q uzgan.
Yigit shu kuniyoq operatsiya qilindi, uning miyasiga zarar yetmagan, ayni paytda u hayot uchun kurashmoqda.