31 yanvar kuni Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda yo‘l harakati qoidabuzarliklariga yo‘l qo‘yilganlik holatlarini aniqlash borasida o‘tkazilgan tadbir davomida jami 2770 ta qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
Jumladan, mast holatda transport vositasini boshqarish bilan bog‘liq 15 ta, transport vositalarini hujjatsiz boshqarish bilan bog‘liq 33 ta, svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik bilan bog‘liq 72 ta, harakat davomida uyali telefondan foydalanish bilan bog‘liq 36 ta, odam tashishi qoidalarini buzish bilan bog‘liq 382 ta, tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish bilan bog‘liq 190 ta, bo‘ysunmaslik bilan bog‘liq 6 ta, xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik bilan bog‘liq 1070 ta holat qayd etildi.
Jami 79 ta transport vositalari jarima maydonchasiga qo‘yildi.
Izoh (0)