O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati sobiq raisi Rustam Inoyatov Prezident farmoni bilan Oliy Majlis Senati a’zosi etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ning ishonchli manbalari xabar bermoqda.

Foto: “Sinxua”

Shuningdek, Rustam Inoyatov kecha, 31-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi.

Avvalroq, Rustam Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisligidan olinib, uning o‘rniga shu paytgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori vazifasida ishlab kelgan Ixtiyor Abdullayev tayinlangani haqida xabar berilgan edi.