Rashid Malikovning “Sabot” filmi 2018-yilning 19—26-aprel kunlari dunyoning eng nufuzli kinofestivallaridan biri hisoblangan “A” kategoriyadagi 40-Moskva xalqaro kinofestivalining asosiy dasturidan o‘rin oldi, deb xabar beradi kinematografiyani rivojlantirish markazi matbuot xizmati.

Foto: O‘zA

Shuningdek, film kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan 71-xalqaro Kann kinofestivalida dasturdan tashqari namoyish etish uchun tavsiya etilmoqda.

Filmda bosh rollarni taniqli aktyorlar Karim Mirhodiyev, Seydulla Moldaxanov, Behzod Hamroyev, Nigora Karimboyeva, Zulxumor Mo‘minovalar ijro etgan.

“O‘zbekkino” MA buyurtmasiga asosan suratga olingan “Sabot” badiiy filmida O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritish arafasidagi davr – 1980-yillar voqealari tasvirlangan. Unda qoraqalpog‘istonlik sobiq baynalmilal jangchining xotiralari, o‘y-xayollari, kechinmalari haqida hikoya qilinadi.