1-fevralidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “Umra. Bahor–2018” dasturi doirasidagi qatnovlarni amalga oshira boshlaydi. Bu haqda, kompaniyaga asoslanib, O‘zA xabar qildi.
Hozirda navbatdagi dastur doirasida Toshkent – Jidda – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha jami 46 qatnov amalga oshirilib, 8 ming 736 ziyoratchini Boeng 767 samolyotlarida belgilangan manzilga yetkazish rejalashtirilgan.
Milliy aviatashuvchi mutaxassislari “kichik haj” amaliga puxta tayyorlanish bilan birga, ziyoratchilarga qulay shart-sharoit yaratish, yuqori darajadagi servis xizmatlarini ko‘rsatish uchun bor imkoniyatlarini sarflamoqda. Shunga ko‘ra ziyoratchilar bilan ishlovchi maxsus guruh tashkil etildi.
“Umra. Bahor–2018” dasturi shu yilning 29-martiga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)