Rossiya “Kanopus” Yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshlari belgilangan orbitaga olib chiqildi. Bu haqda “Roskosmos” xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“ ‘Soyuz-2.1 a’ raketa tashuvchisi parvozidan bir soat o‘tib ‘Fregat’ tezlikni oshiruvchi bloki asosiy foydali yuklama — Yerni masofadan zondlash kosmik apparati 3- va 4-raqamli ‘Kanopus-V’ni belgilangan orbitaga olib chiqdi”, — deyiladi davlat korporatsiyasi xabarida.
“Soyuz-2.1 a” raketa tashuvchisi parvozi rejalashtirilgandek Toshkent vaqti bo‘yicha — 07:07:18 da amalga oshirildi.