O‘zbekistonda eng sara va sifatli qurilish materiallarini sotadigan birinchi onlayn bozor ishga tushgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekiston qurilish mahsulotlari bozorida 12 yildan buyon o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Euro-pol kompaniyasi asoschisi, AQShda faoliyat yuritib, tajriba oshirgan Alisher Avazov yangi, innovatsion loyihaga asos soldi. Alisher Avazov faoliyatining dastlabki kunlari qanday o‘tgani, ushbu loyiha haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

“Biz bu loyihani boshlaganimizga sabab – hayotimizdagi bebaho bo‘lgan vaqt ne’matini tejash va iloji boricha yurtdoshlarimizga qulaylik yaratish. Aynan shu narsalarni maqsad qilgan edik”, — dedi Avazov.

Biz Alisher Avazovdan dastlabki ish kunlari qanday o‘tgani bilan qiziqdik: “Alibazar’ning birinchi xaftasi juda qiziqarli, ish jarayoni bilan to‘la tarzda o‘tdi. Axir bizning sayt hali yurtdoshlarimiz tomonidan sinalmagan bo‘lgani uchun biz juda diqqat bo‘lib turdik”, — deydi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan vaqt davomida fuqarolar ham bu borada o‘ziga xos ko‘mak ko‘rsatishgan.

“Xalqimiz, fuqarolar shu bir hafta ichida biz ko‘rmagan yoki e’tiborsiz qoldirgan joylarimizni to‘g‘rilashda katta yordam berdilar. Ularning har bir qo‘ng‘irog‘i va yuborgan xatlarida yozilgan kamchiliklarimizni diqqatlik bilan o‘qib, bu borada zudlik bilan, darhol tegishli choralar ko‘rishga harakat qildik”, — dedi Alibazar onlayn do‘koni asoschisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi kunlardanoq Alibazar saytiga juda katta miqdorda foydalanuvchilar kirgan.

“Dastlabki kunlardanoq Alibazar saytimizga kirayotgan xalq, fuqarolar, foydalanuvchilar oqimini ko‘rib boshimiz osmonga yetdi. Alibazar kompaniyamizga ishonch bildirib, xarid qilgan va hozirgi kunda xarid qilayotgan xalqimizga tashakkur bildirib qolamiz. Sizlarning ishonchingizni oqlashga harakat qilamiz”, — dedi Alisher Avazov.

Eslatib o‘tamiz, Alibazar o‘z mijozlariga keng turdagi materiallar assortimentini taqdim etadi. Endilikda qimmatli vaqtni bozorda o‘tkazishga hojat yo‘q — “Alibazar.uz” saytida qurilish va ta’mirlash ishlari uchun zarur bo‘lgan tovarlarni istalgan yerdan xarid qilish mumkin.

Alibazar onlayn do‘konida zarur bo‘lgan mahsulotlarni osongina topish mumkin va u “buyurtmalar savati”ga solib qo‘yiladi. Buyurtmalar esa telefon yoki elektron pochta orqali qabul qilinadi. Onlayn do‘kon tun-u kun fuqarolar xizmatida — qurilishda kutilmaganda zarur bo‘ladigan materiallarni egasiga tezroq yetkazish uchun haftada 7 kun, sutkada 24 soat ishlaydi.

Alibazar.uz bilan orzungizdagi sifatli uyni tez va oson quring!

Murojaat uchun telefon: +998 (71) 200-33-32

Telegram: t.me/alibazar_uz (kanal)

Telegram: t.me/alibazar_bot (bot)

Facebook: facebook.com/alibazar.uz

Instagram: instagram.com/alibazar.uz

Reklama huquqi asosida!