Ba’zi oziq-ovqatlarni saqlash uchun sovitgichga qo‘ysangiz ham, qo‘ymasangiz ham bo‘ladi — hech qanday farqi sezilmaydi. Lekin shunday oziq-ovqatlar borki, sovuq va namlik ularga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Qaysi oziq-ovqatlarni hozirning o‘zidayoq sovitgichdan olib boshqa joyga qo‘yish kerak?

Foto: Shutterstock

Avokado — xona haroratida yetilib pishadi, sovitgich esa bunga yordam bermaydi, ularni buzilishdan saqlamaydi.

Bananlar — sovitgich ichida pishib yetilmaydi, po‘sti belgilangan muddatdan oldin qoraya boshlaydi.

Rayhon — sovuqda so‘lib qoladi va qoraya boshlaydi.

Non — sovitgichda tez qotib qoladi.

Qahva — sovitgichdagi yuqori namlik qahva donlarining ta’mini buzadi.

Baqlajon — xona haroratini ma’qul ko‘radi.

Asal — sovitgichda saqlash kristallarga aylanishni tezlashtiradi.

Qovun — shuningdek tarvuzlar ham o‘z ta’mini, hidini va antioksidantlar zaxirasini xona haroratida yaxshiroq saqlaydi.

Piyoz va sarimsoq — sovitgichlarni juda yomon ko‘radi! Namlik ularni yumshoq va so‘lg‘in qilib tashlaydi, o‘zagini tezroq tashlashga va buzilishga majbur qiladi.

Qalampir — bulg‘or va achchiq qalampirlar sovitgich sharoitida yetilib pishishni to‘xtatadi va siz istagan sifatlarni saqlab qola olmaydi.

Ananas, kivi, mango va boshqa tropik mevalar — issiq mamlakatlarda o‘sadi. Ularga sovuq to‘g‘ri kelmaydi.

Kartoshka — 7°C dan past harorat uning ta’mini yoqimsiz qiladi.

Shirin kartoshka — sovuqda saqlanganda uning ustida xunuk dog‘lar paydo bo‘ladi.

Pomidorlar — sovuqda so‘liydi va unli tarkibiy tuzilishga ega bo‘lib qoladi.

Qo‘zoqli loviya — sovuq sifatiga va tashqi ko‘rinishiga shiddatli zarba beradi.

Manba: “Xitrosti jizni”