O‘zbekistonlik futbolchi Server Jeparov to‘p suradigan “Istiqlol” Hazfi Kubogining finaliga yo‘l oldi.
“Championat.asia” nashrining ma’lumot berishicha, Jeparov o‘yinni boshlang‘ich tarkibda o‘tkazgan va maydonda 65 daqiqa harakat qilgan. Futbolchi jamoasining ikkinchi goliga pas bergani bilan yodda qolgan.
Serverning aniqlik kiritishicha, Hazfi Kubogida g‘olib chiqqan jamoa Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Chempionatda esa “Istiqlol” 32 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi. 4-fevral kuni tehronliklar 35 ochko bilan kuchli uchlikda borayotgan “Zob Ohan” maydonida saf tortadi.
Hazfi Kubogi Yarim final 30 yanvar, seshanba
“Sanat Naft” — “Istiqlol” 1:2
Gollar: Pejman Muntazariy, 9 (0:1). Darvesh Shojaiyon, 44 (0:2). Lusiano Pereyra, 62 (1:2).Jeparov uchun Erondagi bu mavsum bir tekis o‘tmoqda, deyish mumkin. Quyidagi statistika ham buni ko‘rsatib turibdi.
Izoh (0)