Rossiyaning Vladimir shahrida aka-uka egizaklar Apple kompaniyasining Rossiyadagi ofisiga talabnoma yubordi. Unda iPhoneX smartfonlaridagi yuzni tanish tizimi Face ID aka-ukani ajrata olmayotganligi va bu bilan shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishni buzayotganligi ma’lum qilinadi, deb yozadi “TASS”.
Arizachilar kompaniyadan texnologiyani mukammallashtirish, shuningdek, ma’naviy zarar uchun 20 million rubl miqdorida tovon to‘lashni so‘ramoqda.
“Egizaklar iPhoneX’ni aynan ekranni yuz yordamida blokdan chiqarish funksiyasidan foydalanish uchun xarid qilgan. Biroq ular hafsalasini pir qilib, qurilma aka-ukaning har ikkalasini tanimoqda. Bu haqda ular xarid davomida ogohlantirilmagan, bu ma’lumot yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan. Aynan shuning uchun arizachilar kompaniyadan texnologiyani mukammallashtirishni so‘ramoqda”, — deydi aka-uka manfaatlarini himoya qiluvchi huquqshunos Roman Ardikutsa.
Izoh (0)