Norvegiyaning Odda shahrida yashovchi Evald Yastad Ford Focus RS avtomobilining poyga uchun mo‘ljallangan talqinini sotib oldi va u bilan mahalliy taksi xizmatida ishlay boshladi. Yo‘lovchilar avtomobilni kuzov rangi va 350 ot kuchiga ega dvigatel sababli “Havorang chaqmoq” deb ataydi. TJournal ana shu avtomobilga e’tibor qaratdi.

Bir yarim yillik ish davomida avtomobil 127 ming kilometrdan ko‘proq masofani bosib o‘tgan. Yastadning doimiy yo‘lovchilari orasida 96 yoshli ayol va taksichining Martin ismli uch yashar o‘g‘li bor. Yasted o‘g‘lini uyidan 16 kilometr uzoqlikda joylashgan bolalar bog‘chasiga olib boradi.