Nokia o‘zining 8-avlod smartfoni uchun Oreo 8.1 operatsion tizimini sinovdan o‘tkazish ishlari boshlab yuborganiga qaramay, kompaniya o‘rta segmentdagi smartfonlarini ham e’tibordan chetda qoldirmadi. Nokia 5 va Nokia 6 (2017-yil) modellari rasman Oreo 8.0 bilan yangilanmoqda, deb xabar berdi Hi-Tech.Mail.Ru.

Foto: Ubergizmo

HMD Nokia 5 va 6 uchun Oreo’ni sinovdan o‘tkazishni o‘tgan yilning dekabrida boshlagan edi va hozirda ushbu sinovlar tugagan bo‘lib, rasmiy yangilanish qurilmalarda bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Foydalanuvchilarda yangilanish bilan birga “suratdagi surat” dasturini Google Maps, Duo va WhatsApp, shuningdek, yanvar oyidagi dasturlar uchun parollarni avtomatik tarzda to‘ldirishni qo‘llab-quvvatlovchi API dasturi kabi bir qator “yangiliklar”ni ishlatib ko‘rish imkoniyati bo‘ladi.