Misrning al-Mansur universiteti olimlari yirik to‘rt oyoqli o‘txo‘r dinozavrlarning yangi turini aniqladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda

Foto: Mansour University

Mansourasaurus Shahinae deb nomlangan va titanozavrlarga mansub jonivor 80 million avval yashagan va o‘lchami avtobusdek bo‘lgan.

Uning qoldiqlari Liviya sahrosining sharqiy qismida topildi. U Afrikada aniqlangan va bo‘r davri oxirlariga tegishli skeletlar ichida eng to‘lig‘i bo‘lib chiqdi. 

Olimlar Mansourasaurus Shahinae Afrikaga taxminan 100 million yil avval, qit’a Janubiy Amerikadan ajrala boshlagandan so‘ng kelib qolganini taxmin qildi.