AQSh prezidentining rafiqasi Melaniya Donald Trampning Kongressdagi chiqishida Christian Dior och sariq kostyum shimi, Dolce & Gabbana oq ipak bluzkasi va Christian Louboutin tuflisida ko‘rinish berdi. Bu haqda Us Weekly xabar bermoqda.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bunda Trampga nisbatan provokatsiyani ko‘rdi, chunki ansambl Hillari Klintonning AQSh prezidentligiga nomzodi qo‘yilishi kunidagi libosini eslatdi.
“Melaniya Hillari uslubidagi kostyum shimda Trampni troll qilmoqda”, — deb yozdi Twitter foydalanuvchilaridan biri. Boshqa akkauntda yanada keskinroq fikr bildirilgan: “Yo‘q, Melaniya erini troll qilmayapti. U, shunchaki, barchamiz kabi undan nafratlanadi”.
Bundan tashqari, kuzatuvchilar birinchi xonim Kongressdagi chiqishga eridan alohida kelganligi va prezident “demokratiya markazida hukumat va byurokratiya emas, ishonch va oila turishi” haqidagi so‘zlaridan so‘ng qolganlar bilan birga o‘rnidan turmaganligiga e’tibor qaratdi.
Izoh (0)