Ozishga harakat qilar ekansiz, to‘g‘ri ovqatlanishning birinchi haftalarida sizga me’da xuddi biroz qisqarayotgandek — o‘zingizga yoqqan shirinliklarga tashlanganingizda esa cho‘zilayotgandek tuyula boshlaydi. Lekin bu haqiqatan ham shundaymi?

Foto: “Zdorovie.com”

Deyarli shunday, lekin butunlay emas. Bu tushunib bo‘lmaydigan jarayon, deydi Massachusets bosh gospitalining gastroenterologi Kayl Stoller: “Me’da — bu o‘z tabiatiga ko‘ra cho‘zilish qobiliyatiga ega bo‘lgan a’zo”.

Siz yeyayotganingizda ovqat me’da qopini shunchaki “to‘ldiribgina” qolmaydi — boshida u me’daning ovqatlarni sig‘dirish uchun cho‘ziladigan tubiga tushadi, lekin bu cho‘zilishning muayyan chegarasi har bir odamda har xil bo‘ladi, tushuntiradi Stoller.

Agar siz ovqatning katta porsiyasini yegan bo‘lsangiz, me’dangiz cho‘ziladi va cho‘zilgan holatda qotib qoladi — u 4 soat davomida yoki undagi hamma ovqatlar ingichka ichakka o‘tgandan keyin oldingi o‘lchamigacha kichrayadi, deb tushuntiradi shifokor Stoller.

Lekin agar siz ovqatni muntazam ravishda ko‘p va me’da to‘ygani haqida miyaga xabar bera olish vaqtidan ham tezroq yesangiz, unda har doim o‘zida katta hajmdagi ovqatlarni qabul qilish uchun me’da tubining o‘lchami kattalasha boshlashi mumkin.

Va aksincha, agar siz bir muddat (masalan, parhez qilish vaqtida) haddan tashqari kam yesangiz, unda balki me’da o‘z-o‘zidan o‘lchami kichraymasligi mumkin, lekin o‘ziga oldingidan ko‘ra kamroq ovqatni sig‘dira boshlaydi.

Balki shuning uchun siz parhezdan keyin mo‘l-ko‘l dasturxon atrofiga o‘tirganingizda, to‘yish hissini tezroq his qilarsiz. “Bu xuddi mushaklarga o‘xshaydi: siz uni qancha kamroq mashq qildirsangiz, u shuncha zaifroq ishlay boshlaydi”, — deb qo‘shimcha qiladi Stoller.

Manba: “Zdorovie.com”