Chinozlik Ahmadboyning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yilgan vaqtda olib qo‘yilgan turli rusumdagi 105 ta avtomobil o‘z qonuniy egalariga qaytarib berildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24”ning “Axborot 24” dasturida ma’lum qilindi.

Milliy xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, fuqarolar bu transport vositalarini ikki barobar ko‘paytirib olish sharti bilan, Ahmadboyga ixtiyoriy ravishda topshirgan. Ayni vaqtda ular Ahmadboydan pul olishga ulgurmagan.

Avtomobilini qaytarib olayotgan bir guruh fuqarolar “Axborot 24”ga qisqa intervyu bergan bo‘lib, ularning deyarli bari o‘z vaqtida avtomobilidan umidini uzib bo‘lgani, bugun mashinalar qaytarib berilayotganidan juda xursand ekanini ta’kidlagan.