Shakarni taqiqlovchi parhezlar hozir juda mashhur va buning jiddiy sababi bor. Shakar sizning ovqatlanishingizga kuchli zarar yetkazishi mumkin. Lekin bu yangi g‘oyaning ba’zi tarafdorlari oxirigacha borishga qaror qildi va hatto mevalardagi tabiiy shakardan ham voz kechmoqda.

Foto: Depositphotos

O‘zini hatto foydali hisoblanuvchi shirinliklardan ham mahrum qilish to‘g‘rimi?

Ovqatlanish va parhezshunoslik akademiyasining raisi Alissa Ramzi tabiiy va sun’iy qo‘shilgan shakarni adashtirmaslik kerak deb hisoblaydi. Tabiiy shakar mevalarda, sut mahsulotlarida va kraxmalli sabzavotlarda uchraydi. Bizning tanamiz va miyamiz ulardan yoqilg‘i sifatida foydalanadi. Tabiiy shakarsiz biz doimiy ravishda “quvvati tamom bo‘lgan batareya” holatida bo‘lgan bo‘lar edik, deydi u.

Buning ustiga, mevalarda shakardan tashqari shakar “eyforiyasi”ni bartaraf qiluvchi moddalar ham bor.

“Agar siz tabiiy shakarni mevalardan, sut mahsulotlaridan yoki ba’zi sabzavotlardan olsangiz, unda qo‘shimchasiga qondagi shakar miqdorining keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan kletchatka va oqsillarni ham olasiz”, — deydi Ramzi.

Agar shakarni ayblash kerak bo‘lsa, unda faqat sun’iy qo‘shilganlarni, masalan, gazli suv, sharbatlar va ishlov berilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ayblash mumkin. Qisqacha aytganda: tabiiy shakar — bu yaxshi, qo‘shilgani — yomon. Lekin yana bitta katta “lekin”i ham bor.

“Qayerdan olingan bo‘lsa ham, shakarning ortiqchasi qondagi shakar miqdorini ko‘payishga majbur qiladi, bu esa insulin ajralib chiqishini keltirib chiqaradi, — tushuntiradi Ramzi. — Garchi insulin “jamg‘arilgan” gormon bo‘lib hisoblansa ham, u sarf qilinmagan hamma shakarni yog‘ga aylantiradi va zaxiralarni bel sohasiga taxlaydi. Shakarni me’yoridan ko‘p iste’mol qilish yurak-tomir kasalliklari va diabet xavfini oshirishini ham unutmaslik kerak”.

Shuning uchun, gap hatto mevalarga tegishli bo‘lsa ham, yaxshisi ham haddan tashqari ko‘p bo‘lishi mumkin. Har doimgidek, hamma narsada o‘rtachalik — sog‘lom ovqatlanishning eng yaxshi qoidasi hisoblanadi.

Manba: Men’s Health