AQShning “Reklamasiz bolalik uchun” tashkiloti Facebook’dan kompaniya 13 yoshdan kichik bolalar uchun chiqargan Messenger Kids dasturini yopishni talab qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Google Images

Tashkilot vakillari ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Sukerberg nomiga ochiq maktub yo‘lladi. Hujjatga 110 nafardan ortiq shifokor, pedagog, psixolog va bolalar bilan ishlovchi boshqa mutaxassislar imzo chekdi.

Ularga ko‘ra, messenjerlardagi muloqot bola rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

“Kichik yoshdagi bolalar ijtimoiy tarmoqlarda akkauntlar yuritishga tayyor emas. Ular buning barcha murakkabligini tushunmaydi va bu ko‘pincha tushunmovchilik hamda mojarolarga olib keladi”, — deyiladi murojaatda.