Rossiya Su-27 qiruvchi samolyoti Qora dengiz ustida AQSh Harbiy-dengiz kuchlari samolyotiga xafvsiz masofada yaqinlashdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“2018-yilning 29-yanvarida tushga yaqin Qora dengiz neytral suvlari ustidagi havo hududini nazorat qilish navbatchi vositalari tomonidan Rossiya havo hududi chegarasiga yaqinlashgan noma’lum havo nishoni aniqlandi. Uni to‘xtatish uchun havo hujumiga qarshi navbatchi kuchlari tomonidan Su-27 qiruvchi samolyoti havoga ko‘tarildi. U havo kemasiga xavfsiz hududga yaqinlashdi va u AQSh Harbiy-havo kuchlari EP-3E radioelektron razvedka Aries II samolyoti ekanligini aniqladi”, — deyiladi xabarda.
AQSh razvedkachi samolyoti Rossiya havo hududi chegarasidan uzoqlashish uchun parvoz yo‘nalishini o‘zgartirgandan so‘ng Rossiya Su-27 qiruvchi samolyoti aerodromga qaytgan.
Avvalroq Rossiya samolyoti AQSh samolyotiga 5 fut (1,5 metr) masofaga yaqinlashganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)