Rossiya mudofaa vazirligi “Kalashnikov” konserni tomonidan ishlab chiqilgan AK-12 va AK-15 avtomatlarini qurollanishga qabul qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Haqiqatan ham 2017-yilda yakunlangan sinovlar natijalariga ko‘ra, Rossiya mudofaa vazirligi tomonidan ‘Ratnik’ ekipirovkasi texnik topshirig‘i bo‘yicha yaratilgan AK-12 va AK-15 avtomatlarimizni xarid qilish haqidagi qaror qabul qilindi”, — deydi “Kalashnikov”ning tashqi kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Sofiya Ivanova.
Izoh (0)