Albatta, sog‘lom parhezni ko‘p miqdordagi yangi sabzavotlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, lekin agar ular dimlansa, bug‘da pishirilsa yoki grilda qovurilsa ba’zi foydali moddalarni hazm qilish yengilroq bo‘ladi.

Foto: “Zdorovie.com”

1. Sabzi

Sabzi ko‘z uchun foydali ekanligi ko‘pchilikka ma’lum — hamma gap uning tarkibidagi unga yorqin to‘q sariq rang beruvchi beta-karotinda. Beta-karotin organizmga tushishi bilan ko‘rish qobiliyati, teri va immun tizimi uchun zarur bo‘lgan A vitaminiga aylanadi.

2. Pomidor

Agar siz faqat yangi pomidorlarni iste’mol qilish bilangina cheklansangiz, unda siz bu “sabzavotli” mevadagi likopen antioksidantining faqat 4 foizinigina olgan bo‘lasiz. Haroratli ishlov berish hujayralarning mustahkam devorlarini “sindirish”ga va shu orqali likopenni singdirish uchun yengilroq qilishga imkon beradi.

3. Ismaloq

Ismaloqni pishirish uning tarkibidagi folatni yoki uning hazm bo‘lishini oshirmaydi. Lekin ismaloq bug‘da pishirilganda uning kattaligi farqli ravishda kichrayadi, bu esa foydali sabzavotni va shunga muvofiq folatni ham ko‘proq yeyishga imkon beradi.

4. Sarsabil

Bu nozik yashil barglar — saratonga qarshi A, C va E vitaminlari va folatning haqiqiy manbalari hisoblanadi. Lekin hujayralarning mustahkam “devorlari” bu muhim elementlarning organizmda hazm bo‘lish jarayonini qiyinlashtiradi. Pishirish ko‘p miqdordagi vitaminlar va folatlarning ajralib chiqishiga imkon beradi.

5. Oshqovoq

Oshqovoq ham sabzi singari issiqlik yordamida ishlov berilgandan keyin yaxshi singdiriladigan beta-karotinning katta zaxirasiga ega. Oshqovoqdan tayyorlangan pyure — sog‘liq uchun foydalilik jihatidan haqiqiy chempion hisoblanadi!

Manba: “Zdorovie.com”