O‘zbekiston Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati mas’ul xodimlari tomonidan tashkil etilgan ommaviy qabul davomida Jizzax viloyati Do‘stlik tumani Chinobod mahallasida istiqomat qiluvchi Gavhar Qarshiyevaning qurilishi chala qolgan uyi tomi yopilib, ta’mirlash ishlari uch kunda to‘liq bitkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Kam ta’minlangan ushbu oilaning uyida yashash uchun zarur qulayliklar yaratilishi bilan birga xonadon bekasi “Do‘stlik don” mahsulotlari korxonasiga ishga ham joylashtirildi. Uy mehnati bilan shug‘ullanishi bo‘yicha korxona bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, tikuv mashinasi beriladigan bo‘ldi.
Ommaviy qabul kunlari qishloqlarda yashovchi va nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 34 oilaning uy-joyi ta’mirlab berildi.
Izoh (0)