Xitoyda o‘tkazilgan U23 Osiyo chempionati g‘oliblari O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 28 yanvardan 29 yanvarga o‘tar kechasi Toshkentga yetib keldi. Ularni shaxsan bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya kutib oldi.

Foto: “Championat.asia”

“Championat.asia” nashri kutib olish marosimidan olingan videolavhani taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq chempionlarning har biriga Prezident sovg‘asi — Chevrolet Malibu topshirilishi haqida xabar bergan edik.

Foto: “Championat.asia”