Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz shahridagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Vunderkind” nomli mazkur bog‘chada ingliz tili va kompyuter bilimlari chuqur o‘rgatiladi. Uch qavatli binoda kichkintoylarning intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy salohiyatini o‘stirish uchun barcha sharoit yaratilgan.
Prezident mazkur bog‘cha misolida Shahrisabz shahrida yana 25 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi barpo etish, bog‘cha mudirasi Shahnoza Xolmahmatovaga mamlakatda ishlab chiqarilgan avtomobil sovg‘a qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
Bunday muassasalarni qurishdan asosiy maqsad farzandlarning maktabga tayyor bo‘lib chiqishini ta’minlashdir, dedi davlat rahbari.
Shu yerda Qashqadaryo viloyatida xususiy sheriklik asosida hamda davlat tomonidan quriladigan maktabgacha ta’lim muassasalari dasturi taqdimoti ham o‘tkazildi.
Izoh (0)